BIM-ni qo’llab-quvvatlash
BIM – bu binolar va inshootlarning virtual modeli, masalan muhandislik tarmoqlari (suv, gaz, elektr, kanalizatsiya, aloqa) avtomobil yo’llari, temir yo’llar, ko/priklar, tunnellar va boshqalar.
Virtual modellashtirish – bu binolarni qurish, jihozlash, ishlatish va ta’minlash – hayot davrasini boshqarish, bu bino bilan bog’liq barcha me’moriy, loyihalash, texnologik, iqtisodiy va boshqa ma’lumotlarni o’zaro bog’liqligidi va kompleks qayta ishlashni o’z ichiga olib, yagona obyekt sifatida nazorat qilinishidir.
Uch o’lchovli BIM modeli qurilish obyektini yagona loyihasini loyihahalashtirishga imkon beradi
1. Loyihaning aniqlik darajasi baland bo’lib, xatolar ehtimoli kamroq bo’ladi.
2. Loyiha sifatini oshirish. Virtual Modelda siz ob’yekt yaratishda ishtirok etadigan barcha tegishli bo’limlarning ishlarini birlashtira olasiz.
3. Ko’rinish. Binoni har tomonga «burish» mumkin. Me’morlar, dizaynerlar, konstruktorlar uchun o’z g’oyalarini amalga oshirish osonroq bo’ladi. Qurilish bosqichida siz murakkab qismni, qurilish birligini batafsil ko’rib chiqishingiz mumkin.